Yurtimiz bo‘ylab yana 172 kishida koronavirus aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab yana 172 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 22 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 857 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Toshkent viloyatida, 69 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Bugun kun davomida mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etildi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 131 nafar, Namangan viloyatida 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 49 224 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 191 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!