Yurisprudensiya sohasida eng dolzarb ilmiy tadqiqot natijalari e’lon qilinadigan jurnal – "Yuridik fanlar axborotnomasi" haqida

Yurisprudensiya sohasida eng dolzarb ilmiy tadqiqot natijalari e’lon qilinadigan jurnal – "Yuridik fanlar axborotnomasi" haqida

Hozirgi vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti muassisligida “Yuridik fanlar axborotnomasi – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of Law Science” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali Tahririy-nashriyot bo‘limi tomonidan nashrga tayyorlanib kelinmoqda.

Ushbu jurnal “Harvard” usulida chop etiladigan jurnallar talablariga moslashtirilgan hamda bir yilda 4 marta nashr etiladi. Jurnalning har bir sonida nufuzli olimlar, yetakchi mutaxassislar, amaliyotchilar hamda boshqa soha vakillarining yurisprudensiyaning dolzarb masalalariga doir ilmiy maqolalari e’lon qilib boriladi.

Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining ilmiy ishlar natijalari e’lon qilinadigan jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan mazkur jurnalni Scopus jurnallar bazasiga kiritish maqsad qilingan va bu bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jurnalimiz orqali fuqarolarimiz yuridik sohada olib borilayotgan nazariy va amaliy ilmiy ishlar natijalari bilan yaqindan tanishib borishlari mumkin. Shu bilan birga, fuqarolarimiz o‘zlarining yuridik sohadagi ilmiy maqolalarini ham ushbu jurnalimizda chop ettirishlari mumkin. Bundan tashqari, fuqarolarimiz uchun jurnalimizning mutolaasiga talab bo‘lsa, “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, “Matbuot tarqatuvchi” AKning viloyatlardagi filiallariga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent davlat yuridik universitetiga murojaat qilish orqali obuna bo‘lgan holda nashr etiladigan har bir yangi son bilan bevosita tanishib borishlari mumkin.

Shohruh Jahonov,
Umid Sapayev,
Ekaterina Yarmolik


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!