Yuqori sifatli soxta yevro ishi

Yuqori sifatli soxta yevro ishi

Neapolda 11 million yevrolik banknotalar ishlab chiqarishda gumon qilingan qalbaki pul sotuvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda 19 avgust kuni Europol (Evropa Ittifoqi polisiya xizmati) ma’lum qildi.

Operasiya 14 avgust kuni bo‘lib o‘tdi, yer osti bosmaxonasi demontaj qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2023 yilda aniqlangan va muomaladan chiqarilgan barcha qalbaki yevro banknotalarning 27 foizdan ortig‘ini muomalaga chiqargan. Bu taxminan 8 million yevro.

Bundan tashqari, muomalaga chiqarilgunga qadar butun Yevropa bo‘ylab taxminan 950 000 yevro (asosan 20, 50 va 100 yevro nominallarida) musodara qilingan. Nihoyat, Neapoldagi bosmaxonadan 3 million yevrolik banknotalar musodara qilindi.

Tergov faoliyati 2022 yildan beri o‘tkazilib, o‘ndan ortiq davlatdan razvedka ma’lumotlari olingan. Italiya karabineri Europol ko‘magida «bunkerga o‘xshash» yer osti bosmaxonasini topgan.

Qalbaki pul sotuvchisi asosan Fransiyada bir nechta milliy va transmilliy tarqatish kanallaridan foydalangan. Yevropa Markaziy banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ekspert tahlili banknotlarda (jumladan, gologrammalarda) qalbakilashtirilgan himoya elementlari yuqori sifatga ega ekanligini ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!