Yil oxirigacha O‘zbekistonda zilziladan ogohlantirish milliy tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan

Yil oxirigacha O‘zbekistonda zilziladan ogohlantirish milliy tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan

Joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida ogohlantiruvchi tizimni ishga tushirish uchun etishmayotgan uskunalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish 2023 yil dekabrida boshlanishi rejalashtirilgan edi.

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev AIMCda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu tizimni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlari va ishlash tamoyillari haqida gapirdi.

Amalda yer silkinishlarini aniqlash va xabardor qilish bir necha bosqichda respublika hududlarida silkinishlar episentrini va ularning aks-sadosini aniqlaydigan seysmologik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Ogohlantirish tizimini to‘liq ishga tushirish uchun qo‘shimcha seysmologik asboblar, jami 200 dona o‘rnatish zarur.

Bu boradagi ishlar olib borilmoqda: avvallari 50 ga yaqin shunday qurilmalar bo‘lsa, o‘tgan yili yana 9 tasi o‘rnatildi.Joriy yil oxiriga qadar yetishmayotgan qurilmalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Qurilmalar foydalanishga tayyor bo‘lgach, ular zilzila sodir bo‘lishidan bir necha soniya oldin uning vaqti va kuchi haqida ogohlantirishi mumkin bo‘ladi. Maxsus mobil ilovani yuklab olgan foydalanuvchilarning mobil telefonlariga xabarlar yuboriladi.

Milliy tizim xalqaro tizimlar bilan integrasiyalashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!