Yaponiyaning davlat qarzi yangi rekord darajaga yetdi

Yaponiyaning davlat qarzi yangi rekord darajaga yetdi

Yaponiyaning ichki qarzi yangi tarixiy rekord darajaga yetdi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligiga tayanib Yomiuri xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyaning umumiy davlat qarzi 2021-moliya yili yakuniga ko‘ra (2022 yil 31 mart) 1241,3 trillion iyenaga (9,5 trillion dollardan ortiq) yetgan.

Yaponiya davlat qarzi davlat obligasiyalari, qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari va vaqtinchalik qarzlarning umumiy so‘mmasidan iborat.

Avvalroq Bloomberg agentligi AQSh g‘aznachilik daromadlarining oshishi moliyalashtirishni jalb etishdagi qiyinchiliklar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga tahdid solayotgani haqida xabar bergan edi. Aprel oyi oxirida AQShning 10 yillik g‘aznachilik obligasiyalari bo‘yicha real daromadlilik (inflyasiyaga qarab) uzoq vaqtdan beri birinchi marta ijobiy darajaga yetdi, garchi ular o‘z o‘rnini topa olmagan bo‘lsalar ham deyiladi manba tarqatgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!