Eron rasmiylari aholini suv iste’molini cheklashga chaqirmoqda. Sababi jazirama tufayli mamlakatda suv tanqisligi muammosi keskinlashgan. Bu haqda Arab News xabar berdi.
Suv tanqisligi Eronda, ayniqsa mamlakat janubidagi qurg‘oqchil viloyatlarda asosiy muammo sanaladi. Milliy meteorologiya xizmati 19 iyul kuni Eronda tarixda hali qayd etilmagan jazirama bo‘lganini, ba’zi joylarda harorat 50 darajadan oshganini ma’lum qilgan. Shu sabab mavjud muammo issiq ob-havo sharoitida yanada keskinlashgan.
“Aholi suv bosimi pasayib ketmasligi uchun uni tejashi lozim”, dedi Tehron shahar kengashi raisi Mehdi Chamran.
Mamlakat suv xo‘jaligi tashkiloti esa tanqislikni kamaytirish uchun suvdan foydalanishni “kamida 20 foizga” kamaytirishga chaqirgan.
Hukumat poytaxtning ba’zi qismlarida suv bosimini pasaytirgan. Natijada ba’zi hududlarda suv ta’minoti 12-18 soatgacha uzib qo‘yilgan.
Eronda 2002 yildan 2017 yilgacha butun mamlakat bo‘ylab yer osti suvlari yiliga taxminan 3,8 millimetrga kamaygan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.