Germaniya yaqin yillarda elektr taqchilligiga duch kelishi mumkin. Muqobil energiya manbalari mamlakat ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi va mamlakat sanoat doiralari shamol elektr stansiyalari va quyosh qurilmalarini cheksiz qurish yo‘lidagi yo‘nalishning asosli ekanligiga shubha qilmoqda.
“Qayta tiklanadigan manbalar tarmog‘ini kengaytirish ko‘proq elektr tarmoqlarini kengaytirishga qaratilishi kerak”, — dedi Iqtisodiyot vaziri Katerina Reyx. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu kompaniyalar va iste’molchilar uchun pulni tejash imkonini beradi".
O‘tgan yili Germaniya korxonalari va uy xo‘jaliklari jami 464 TVt/soat quvvat ishlatgan. 5 yil ichida kutilayotgan iste’mol allaqachon TVt ni tashkil qiladi va 2035 yilga kelib u 1 ming TVt ga oshishi mumkin. Bu, jumladan, energiyani ko‘p talab qiluvchi hisoblash va server markazlari, elektr transport vositalari va issiqlik nasos agregatlari sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, 2045 yilga kelib elektr tarmog‘ining kengayishi taxminan 600 milliard yevroga baholanmoqda, bu Reyxga ko‘ra, juda qimmat.
Muammo shundaki, Germaniya eng kech 2038 yilgacha ko‘mir energiyasidan butunlay voz kechmoqchi. Muqobil manbalardan olinadigan energiya mamlakatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi sababli, Reyx gaz elektr stansiyalari qurilishiga tayanmoqchi. “Shamol esmasa, quyosh chiqmasa, gaz elektr stansiyalari kerak”, dedi vazir. U bu yil ularni qurish uchun tender o‘tkazmoqchi.
Iqtisodiyot vazirligi rahbari sanoat doiralarida qo‘llab-quvvatlandi, deb ta’kidladi Bild. BMW avtogiganti rahbari Oliver Sipse 2035 yildan boshlab Yevropa Ittifoqida faqat elektromobillar ishlab chiqarilsa, bugungi kunda Germaniyada mavjud elektr tarmog‘ining quvvati ularni quvvatlantirish uchun yetarli bo‘lmasligiga e’tibor qaratdi. "Bizga ko‘rinadiki, Germaniyada biz har bir yangi mashinani 10 yildan keyin quvvatlay olamiz. Lekin buning iloji yo‘q", - dedi u. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Germaniya tarmog‘ini elektromobillarga to‘liq o‘tishga tayyorlash uchun “30-40 yil” kerak bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.