Evropa Komissiyasi kompaniyalarni 2030 yildan boshlab faqat elektromobillar sotib olishga majburlamoqchi

A A A
Evropa Komissiyasi kompaniyalarni 2030 yildan boshlab faqat elektromobillar sotib olishga majburlamoqchi

Evropa Komissiyasi maxfiy ravishda Sixt yoki Europcar kabi avtomobil ijarasi kompaniyalari hamda yirik kompaniyalarni 2030 yildan boshlab faqat elektromobillar sotib olishga majburlovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Bu haqda Bild nashri YEIdagi manbalarga tayanib xabar berdi.

"Bu yangi avtomobil bozorining 60 foiziga ta’sir qiladi", - deya iqtibos keltiradi gazeta nomi oshkor etilmagan yevropalik siyosatchidan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan 40 foiz sotuvlar xususiy mijozlarga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, gazetaning yozishicha, Yevrokomissiya 2035 yilgacha Yevropa Ittifoqida sotilishi to‘xtatilishi rejalashtirilgan ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga nisbatan taqiqni tezda amalga oshirishga harakat qilmoqda.

Qayd etilishicha, YEK o‘z qonun loyihasini yoz oxirida taqdim etish niyatida. Shu bilan birga, Yevroparlament Yevropa komissiyasi g‘oyasini allaqachon tanqid qilgan. Yevroparlament deputati Markus Ferber (Xristianlar ijtimoiy ittifoqi) avtoulovlarni ijaraga beruvchi kompaniyalar, aksincha, elektromobillar parkini qisqartirganini, chunki mijozlar har doim ham zaryadlash stansiyalarini topa olmasligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan u YEKning yondashuvini noreal deb hisoblaydi.

Uni Sixt boshqaruv kengashi a’zosi Niko Gabriel qo‘llab-quvvatladi va u ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan avtomobillarni taqiqlashni haqiqatdan uzoq deb atadi. "Turistlar ijaraga olingan mashinalardan deyarli foydalanmaydi, iste’molchilar esa lizingga mashina olishlari qiyin", - deya uning so‘zlarini keltiradi Bild. Ferber singari, Gabriel ham Yevropa Ittifoqida zaryadlash stansiyalarining yetishmasligiga ishora qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “гибрид уруш” ҳолатида.