Yaponiya Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari daromadidan 3,3 mlrd dollar ajratadi

Yaponiya Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari daromadidan 3,3 mlrd dollar ajratadi

Yaponiya hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan foydalanish hisobiga Ukrainaga 520 milliard iyena (joriy kurs bo‘yicha 3,3 milliard dollar) ajratmoqchi.

Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Yaponiya hukumati ushbu rejani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqmoqda. U yil yakuniga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu yettilik guruhi (G7) tomonidan avval kelishilgan umumiy yordamning taxminan 6 foizini tashkil qiladi.

Kyodoning ta’kidlashicha, Yaponiya tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar harbiy maqsadlarda ishlatilmaydi, ular birinchi navbatda Ukraina infratuzilmasini tiklashga yo‘naltirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!