Yaponiya: Parranda grippi epidemiyasi “rekord o‘rnat”di

Yaponiya: Parranda grippi epidemiyasi “rekord o‘rnat”di

Yaponiya hukumati bosh kotibi Kasunobu Kato 2021 yil qishida kuzatilayotgan mamlakatdagi parranda grippi epidemiyasini baholadi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, xastalikni yuqtirish bo‘yicha ham, o‘ldirilgan qushlar soni bo‘yicha ham epidemiya rekord darajaga yetgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil noyabridan boshlab Yaponiyaning Kagava prefekturasida grippning birinchi holatlari aniqlangandan so‘ng, kasallik 15 ta prefekturadagi 36 ta parrandachilik fabrikasida aniqlangan va bu vaqt ichida 6,04 million tovuq yo‘q qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!