Yanvar oyida rekord darajada elektromobil import qilindi

Yanvar oyida rekord darajada elektromobil import qilindi

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 389 dona elektromobil import qilgan. Ularning qiymati 13 million dollarga teng bo‘lgan. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.

“Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan”, - deyiladi xabarda.

Yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar: Xitoy – 346 ta, Gonkong – 29 ta, Germaniya – 8 ta, BAA – 3 ta.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!