Yangiyo‘l tumanida yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Yangiyo‘l tumanida yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX, IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.D. va boshqalar yashash xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan, muddati o‘tgan sifatsiz dori vositalarini yaroqlilik muddatlarini o‘zgartirib sotish bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, ushbu xonadondan 34 turdagi jami 445 ming dona dori vositalari va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!