Yangiariq va Shovot tumanlarida qalbaki aksiz markali mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Yangiariq va Shovot tumanlarida qalbaki aksiz markali mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MCHJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aksiz markali 434 dona alkogol va 28 quti aksiz markasiz “Milano” nomli tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.O.” MCHJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aksiz markali 3 xil turdagi 261 dona alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!