Yangiariq va Chiroqchi tumanlarida chet el valyutasini noqonuniy ayirboshlash holatlari aniqlandi

Yangiariq va Chiroqchi tumanlarida chet el valyutasini noqonuniy ayirboshlash holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. boshqa bir fuqaro M.dan 3 700 AQSh dollarini 35,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan 35,6 mln so‘m va yonida noqonuniy ayirboshlash uchun saqlab kelgan 300 AQSh dollari, 4 ming rossiya rubli va 65,5 ming qozoq tengesi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. 4 500 AQSh dollarini 50,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 4 500 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari bo‘yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!