Yangi Zelandiyada butun boshli aholi maskani sotuvga qo‘yildi

Yangi Zelandiyada butun boshli aholi maskani sotuvga qo‘yildi

Yangi Zelandiyadagi  Mellonsfolli Ranch  aholi maskani 7,5 million dollarga baholandi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Hududda o‘nlab binolar mavjud bo‘lib, bundan tashqari, xaridor asal ishlab chiqarish bo‘yicha tayyor biznesni qo‘lga kiritadi. Aholi maskani nisbatan yangi – uni 2006 yilda vesternlarni yoqtiruvchi mahalliy fuqaro barpo etgan. U AQShning Vayoming shtatida joylashgan kovboylar shaharchasiga o‘xshab ketadi.

Aholi maskani 22 kishiga mo‘ljallangan – bu yerdagi uchta uyga shuncha kishi sig‘adi. Uylar yonida sherif ofisi, kinoteatr va sud binosi joylashgan. Oklenddan Mellonsfolli Ranchgacha mashinada olti soatda yetib borish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!