Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi
"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–244-son, 09.11.2022 y.) qabul qilindi
🔰 Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.
📝 Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.
📃 Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
✅ 2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
▫️tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e’lon berish;
▫️yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
▫️elektrni shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
▫️YATT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish.
☑️ 2023 yil 1 martdan:
▫️soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
▫️barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
▫️Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
▫️vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.