Yana bir davlatda yangi yil bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi

Yana bir davlatda yangi yil bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sababli yangi yil bayrami bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar bermoqda.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi bu borada tegishli qaror qabul qildi.

Shtab qaroriga muvofiq, mamlakat poytaxtidagi madaniyat bog‘larida yangi yil archalari o‘rnatilmaydi.

Bayram kunlari aholi bog‘lar va madaniy istirohat maskanlariga himoya niqobi taqqan va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda chiqishi mumkin.

 Tojikistonda yangi yil bayrami odatda keng nishonlanadi. Yangi yil arafasida mamlakatdagi barcha maydon va bog‘larda yangi yil archalari o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 11,7 mingdan oshgan, 86 kishi vafot etgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!