Yaman qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchradi

Yaman qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchradi

Yamanning Taiz shahri qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, deya xabar beradi Kazinform Anadoluga tayanib.

Kema Jibutiga ketayotgan bo‘lib, bortida Efiopiyadan 25 kishi va Yamandan ikki kishi bo‘lgan.

«Halok bo‘lganlar orasida 11 ta erkak va 2 ta ayol bor. Qurbonlarning jasadlari Dubob tumanidagi Al-Sho‘ro yaqinidagi Bab al-Mandeb qirg‘og‘ida topildi», - deb xabar berdi BMT Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT).

XMTning Yamandagi missiyasi rahbari o‘rinbosari Mett Xuberning ta’kidlashicha, so‘nggi fojia muhojirlar ushbu yo‘nalishda duch keladigan xavf-xatarlarni yaqqol eslatib turadi

"Biz bu halokatli yo‘qotishlarni normallashtira olmaymiz. Buning o‘rniga, biz muhojirlarni butun sayohat davomida himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda harakat qilishimiz juda muhim», - dedi Xuber.

U, shuningdek, XMT bunday hodisalarning oldini olish va himoyaga muhtoj muhojirlarni himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirish muhimligini qat’iy ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!