Yakka tartibdagi tadbirkor shaklidagi “Tomorqa xizmatlari”ga 1 tadan mini-traktorlarni yetti yilda to‘lash sharti bilan lizing asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqda

Yakka tartibdagi tadbirkor shaklidagi “Tomorqa xizmatlari”ga 1 tadan mini-traktorlarni yetti yilda to‘lash sharti bilan lizing asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqda

Yakka tartibdagi tadbirkor shaklidagi “Tomorqa xizmatlari”ga 1 tadan mini-traktorlarni yetti yilda to‘lash sharti bilan lizing asosida yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu haqda AOKAda "O‘zagrolizing” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

🟡Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrolizing” AJ o‘rtasida uch tomonlama qayta kreditlash bitimi imzolandi va 30 mln. dollarlik Jahon banki kredit liniyasi ochildi.

🟡Ushbu kredit liniyasi hisobidan dastlabki 52 dona yuqori unumli texnikalarni moliyalashtirishga ruxsat berilib, 46,7 mlrd.so‘mlik mablag‘lar texnika ishlab chiqaruvchilarga to‘lab berildi.

🟡Hozirgi kunda respublikada ishlab chiqarilgan va zarur sertifikatga ega bo‘lgan har qanday qishloq xo‘jaligi texnikasini 10 yilgacha muddatga, lizing marjasi 19 foizdan oshmagan holda lizing asosida yetkazib berish imkoniyati bor.

🟡Qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga olish bo‘yicha murojaatlar 3 kun ichida ko‘rib chiqilib, texnikalar qisqa muddatlarda yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!