Yahudiylar orasida G‘azoga hujum bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Yahudiylar orasida G‘azoga hujum bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

8-11 avgust kunlari isroilda Milliy Xavfsizlik Tadqiqotlar Instituti (INSS) tomonidan o‘tkazilgan, 992 nafar isroillik ishtirokidagi so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.

So‘rovnoma javoblarida tasodifiy namunalar tortish orqali xulosa hosil qiilingan.

Natijalarga ko‘ra, 7-oktabrdan buyon 40 mingdan ziyod falastinlikning halok bo‘lishiga, yuz mingga yaqin kishining jarohat olishiga va G‘azoning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan hujumlarni isroillik yahudiylarning deyarli yarmi qo‘llab-quvvatlaydi.

So‘rovda qatnashgan yahudiylarning 47% urushda xalqaro huquq va axloqiy qadriyatlarga rioya qilishning hojati yo‘q deb hisoblasa, 42,5% rioya qilish shart deb hisoblaydi. 10,5% aniq javob bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!