Yahudiy millatiga mansub AQSh davlat kotibi Isroilga sodiqligini tasdiqladi

Yahudiy millatiga mansub AQSh davlat kotibi Isroilga sodiqligini tasdiqladi

Amerika Isroilni jon-jahti bilan himoya qiladi.

Qo‘shma Shtatlar Isroilga qarshi hujum sodir bo‘lgan taqdirda Yaqin Sharqdagi o‘z qo‘shinlarini «himoya» uchun foydalanishga to‘liq tayyor bo‘ladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga tashrifi yakunlari bo‘yicha Tel-Avivdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, safardan asosiy maqsad «Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash»dir.

Shu munosabat bilan Blinken Vashington yaqinda Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik oshgani munosabati bilan Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuch va imkoniyatlarni kiritganini eslatib o‘tdi: “Bu kuch va imkoniyatlarni joylashtirishdan maqsad tajovuzni qo‘zg‘atish emas, balki uning oldini olish, sodir bo‘lmasligini ta’minlashdir. Ammo, bundan tashqari, agar bu sodir bo‘lsa, biz Isroilni himoya qilishga to‘liq tayyor bo‘lamiz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!