XXI asrning 25 ta eng yaxshi aktyorlari ma’lum qilindi

XXI asrning 25 ta eng yaxshi aktyorlari ma’lum qilindi

“New York Times” gazetasi XXI asrning 25 ta eng yaxshi aktyorlari ro‘yxatini tuzdi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni amerikalik aktyor Denzel Vashington egalladi.

«U Shekspir va Avgust Uilsonni, yovuzlaru qahramonlarni ham gavdalantira oladi. Bundan tashqari, u oddiy yigitlarni o‘ynashda ham zo‘r», deb yozgan NYT.

Ikkinchi o‘rin "U" va "Pianinochi qiz" filmlarida o‘ynagan fransuz aktrisasi Izabel Yupper, uchinchi o‘rin esa "Oskar" mukofoti sovrindori britaniya-irlandiyalik aktyor Deniel Dey-Lyuisga nasib etdi. Kuchli beshtalikka aktyor Keanu Rivz va aktrisa Nikol Kidman yakun yasadi.

Shuningdek, ushbu reytingdan koreyalik aktyorlar Kim Min Xi ("Xizmatkor") va Son Kan Xo ("Parazitlar"), italiyalik Toni Servillo ("Buyuk go‘zallik"), "Bevalar" yulduzi Viola Devis, aktrisa Sirsha Ronan ("Kichkina ayollar", "Ledi Berd") va "Joker" filmida rol o‘ynagan Xoakin Feniks ham o‘rin oldi.

Sonya Braga, Mahershala Ali va Gael Garsia Bernal esareytingning so‘nggi qatorlarida qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!