XKS fazogiri ichki kiyim yetishmayotganligidan shikoyat qildi

XKS fazogiri ichki kiyim yetishmayotganligidan shikoyat qildi

Erning XKS bilan suhbati davomida rossiyalik fazogir Sergey Kud-Sverchkov ichki kiyimlarining yetishmayotganligidan shikoyat qildi, deb yozdi RIA Novosti.

"Men o‘z garderobimni tekshirib ko‘rdim, 5-6 to‘plamim bor ekan, bu 3-4 hafta davomida yetarli bo‘ladi deb o‘ylayman. Men foydalana oladigan yana boshqa to‘plamlar ham bormi? " - deb so‘ragan fazogir.

Erdagi mutaxassis esa savollarni kerakli xodimlarga yetkazishini aytgan.

Sergey Kud-Sverchkov XKSga yana bir rus fazogiri Sergey Rijikov va amerikalik Ketlin Rubins bilan birga 14 oktyabrda yetib borgan. Ular orbitada 2021 yilning 9 apreligacha bo‘lishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!