Xitoyning BYD kompaniyasi Chazor narxini 11 000 dollargacha pasaytirdi

Xitoyning BYD kompaniyasi Chazor narxini 11 000 dollargacha pasaytirdi

O‘zbekistonda eng arzoni 23 800 dollardan sotilayotgan Chazor avtomobili narxi Xitoyda 11 ming dollarga tushibdi.

BYD kompaniyasi o‘zining arzon modellari narxini yanada arzonlashtirmoqda. Shu maqsadda O‘zbekistonda Chazor nomi bilan sotilayotgan avtomobilning Glory Edition variantini 79 800 yuandan (11 ming 80 dollar atrofida) sotuvga chiqaribdi.

O‘zbekistonda ushbu modelning ikkita versiyasi sotiladi. Ularning eng arzoni chegirma narxda 23 800 dollar, full komplektasiyasining narxi esa chegirmada salkam 25 200 dollarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!