Xitoy Rossiya avtomobil bozorini egallab olmoqchi

Xitoy Rossiya avtomobil bozorini egallab olmoqchi

2024 yilda Xitoy Rossiyada ham eksport, ham Rossiya zavodlarida ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga 1,2 million dona avtomobil sotish niyatida, deb yozadi «Vedomosti».

Chery konserni kelgusi yilda Rossiyada 200 ming, Changan - 180 ming, Haval - 150 ming va Geely - 110 ming avtomobil sotmoqchi.

«Haval» konserni hozirda Rossiyada o‘z ishlab chiqarish zavodiga ega yagona hisoblanadi. Hozirda quvvati 80 ming avtomobilni tashkil etadi, biroq uni yiliga 150 mingtagacha kengaytirish rejalashtirilgan. Geely kompaniyasining Belarusda zavodi bor.

2023 yilda Rossiyada Xitoy avtomobillarining o‘rtacha narxi 3,14 million rublni tashkil etdi.

Xitoy Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuz boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan G‘arb brendlarining Rossiya bozoridan chiqib ketishidan foydalanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!