Xitoy paxtasi

A A A
Xitoy paxtasi

Xaynanda biz Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasining janubiy qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot bazasida bo‘ldik va xitoylik olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Aytish lozim, dunyoda eng ko‘p paxta ishlab chiqaradigan mamlakat Xitoydir. Paxta Xitoyning qariyb barcha mintaqalarida: Shimoliy-Xitoy tekisligida, Yanszi daryosi deltasida, Yanszi vodiysining markaziy qismida, Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayonida parvarish qilinadi. Xitoyliklar yiliga 17 million tonnaga qadar paxta yetishtiradi. Xitoydan keyin AQSH, ular 11 million tonna, Hindiston - uchinchi o‘rinda bo‘lib 7 million tonna, Pokiston 6 million tonna, O‘zbekiston manbalarda qayd qilinishicha 3 million tonnadan ortiq paxta ishlab chiqaradi.

Hozirgi iqtisodiy globallashuv davrida Xitoyda paxtachilikni rivojlantirishga ehtiyoj juda katta bo‘lyapti, deydi Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Nyu Dun.
Birinchidan, to‘qimachilik sanoati katta sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zi ham paxtaga bo‘lgan talab-ehtiyojni oshirdi. 2000-2005 yillarning o‘zida ip yigiradigan urchuqlarning umumiy soni 34 milliondan 75 million donaga yetdi. Xitoy to‘qimachilik sanoati ilgari yiliga 3,6 million tonna paxtadan gazlama to‘qib chiqarsa, hozir Xitoy 9 million tonnadan ortiq paxtadan gazlama ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari aholi jon boshiga paxta ishlatish ham ortib bormoqda. Agar 1980 yili bu ko‘rsatkich 4,1 kilogramm bo‘lsa, hozir har bir kishi o‘rta hisobda 14 kilogrammdan paxta va paxtadan tayyorlangan mahsulotlardan foydalanmoqda.
Ikkinchidan, AQSh va boshqa taraqqiy qilgan davlatlar 2006 yildan paxtani eksport qilinishida to‘lanadigan subsidiyalarni bekor qildi, buning natijasida jahon bozori bilan ichki bozordagi narxlar bir-biriga yaqinlashdi. Bu esa boshqa davlatlarda, jumladan, AQSh paxtachilikni rivojlantirishga o‘zining yaxshi ta’sirini ko‘rsatdi.
Uchinchidan, 2010 yilda paxta ekiladigan maydonlar 5,6 million gektardan oshdi, boz ustiga yangi yuqori hosilli paxta navlari ekiladigan maydonlar kengaytirildi, xususiyatlari yaxshilangan yangi paxta navlari yaratildi, urug‘chilikni yaxshilash natijasida hosildorlik va yillik paxta ishlab chiqarish miqdori 1,3 foizga oshdi, deydi Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Nyu Dun.
Paxta yetishtirish avvalambor katta xarajatlarni va yiliga uch fasl mobaynida quyoshning jazirama nurlari ostida muntazam og‘ir jismoniy mehnatni talab qiladi.
Jahon paxtachiligi tarixida ijobiy hodisalar ham ro‘y bermoqda. Paxta yetishtirishga ajratilayotgan maydonlarning qisqarishiga qaramay uning gektar boshidan olinadigan hosildorligi oshayapti. Bu demak, paxtachilikda ko‘p xarajatli ekstensiv yo‘ldan tobora voz kechib, hosildorlikni oshirishga yo‘naltirilgan intensiv yo‘lga o‘tilmoqda. Bu esa, mutaxassislarning fikriga qaraganda, ma’lum ma’noda paxtaning tannarxini pasayishiga olib keladi. Xitoyda 95 foiz to‘qimachilik korxonalari davlat qaramog‘idan chiqarilib xususiy va aksiyadorlik kompaniyalari ixtiyoriga o‘tmoqda. Xitoy yalpi mahsulotning yarmidan ko‘pini eksport qilmoqda. Boz ustiga toza paxta tolasidan tayyorlangan xitoy chiti, satini, batisti kabi tayyor mahsulotlariga dunyoda ehtiyoj juda katta.
Bozordagi narx-navoning qanday bo‘lishidan qat’i nazar Xitoyda paxtaning narxi hukumat tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi rahbarlari paxtani chetga sotish uchun hukumat idoralaridan eksport kvotasini olishi zarur. Rejalashtirish iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotganligi sababli, Xitoyda kvotani olish ishlari ancha osonlashtirilgan. Davlatga ham, fermerga ham foydali bo‘lgan bu ish tobora ommaviy tus olib bormoqda. Mamlakat ichkarisidagi paxta savdosi Xitoyda milliy paxta birjasi orqali amalga oshiriladi. Paxtani sotish va xarid qilib olishning bu usuli ikkala tomonga ma’qul bo‘lganligi sababli u ham ildam rivojlanib bormoqda.
Mamlakatda kvota joriy qilinishi Xitoyga ma’lum muddatda nazoratsiz paxta tolasining kirib kelishni oldini oldi va savdo-sotiqni tartibga soldi. MDHning paxta yetishtiruvchi (Markaziy Osiyo, Qozog‘iston va Kavkazorti) mamlakatlari tomonidan bozorga chiqarilgan paxta chiqindilaridan - lint bilan ulyukning qariyb barchasini hozir Xitoy sotib olmoqda.
Paxta hosildorligi bo‘yicha ham Xitoy jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hindiston esa har gektar yerdan olinadigan paxta hosili bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega. Hindiston paxta ekiladigan maydonlarining kattaligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lsa ham, yetishtirayotgan paxtaning miqdori, hajmi bo‘yicha Xitoy bilan Amerikadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Hindistonda paxta asosan sug‘orilmaydigan yerlarda, oddiy, jo‘n agrotexnika qonun-qoidalari bilan yetishtiriladi.
Zararkunanda hashoratlar va paxtamiz sifatining pastligi paxtachilikni rivojlantirishda juda uzoq yillar to‘sqinlik qildi , deydi Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari, Xitoy qishloq xo‘jalik Fanlar Akademiyasi prezidenti Li Szyan. 90-yillarda bizning olimlarimiz paxtani Bt-paxta transgen navining birinchi avlodini yaratishga muvaffaq bo‘ldi va bu ilmiy ixtiroga intellektual mulk sifatida o‘zlari mustaqil ega bo‘lish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Natijada ilgari sotuvga chiqarilayotgan hosilning 5 foizigina paxtaning transgen navi bo‘lsa, endi eksport qilinayotgan hosilning 95 foizini paxta sovkasi kabi hasharotlarga bardosh bera oladigan paxtaning transgen navi tashkil qilayapti. Hozir ekin maydonlarining asosiy qismiga paxtaning zararkunanda va kasalliklarga chidamli ana shu navi ekilmoqda. Transgen paxtaning birinchi avlodini parvarish qilish texnologiyasi jarayonida to‘plangan tajriba, bilim, paxtachilik ilmi, fanida qo‘lga kiritilgan katta muvaffaqiyat bo‘ldi. Bu - ham hosildorligi, ham tolasining sifati yuqori bo‘lgan yangi navning paydo bo‘lishi dunyo paxtachiligi amaliyotida ham katta yutuq, deb tan olinmoqda.
Hozirgi paytda Xitoyda yetishtirilayotgan paxtaning markasi 32 raqamli eshilgan ipga to‘g‘ri keladi, paxtaning transgen navidan tayyorlangan ip esa 60 raqamli ipga to‘g‘ri kelayapti. Shunday qilib ishlab chiqarilayotgan paxtamiz tolasining sifati qariyb ikki barobar yuqori bo‘ldi. Bu paxtachilikda ham, to‘qimachilik sanoatida ham juda muhim ahamiyatga ega, dedi Xitoydagi ASNK paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining direktori Yuy Shusyun.
Xitoy paxtadan tayyorlanadigan kiyim-kechak tikib chiqarishni keskin ko‘paytirdi. Tolasi ingichka, uzun va pishiq, sifati yuqori bo‘lgan Xitoyning transgen paxtasining paydo bo‘lishi jahon bozorida boshqa davlatlar ishlab chiqarayotgan paxtaning bahosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarida yetishtirilayotgan paxtaga ehtiyoj birmuncha pasaygan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, paxta tolasini ma’lum sharoitda bir necha yil mobaynida saqlash mumkin. Shu sababli-mi, Xitoy omborlarida jahon bozorida paxta tannarxini istagan tomonga o‘zgartirish imkonini beradigan miqdorda paxta tolasi to‘plangan. Bu mamlakat to‘qimachilik korxonalarini bir me’yorda paxta bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Sinszyan-Uyg‘ur Avtonom hududi Xitoyda paxta yetishtiruvchi asosiy mintaqalardan biridir. 1993 yildan har gektar yerdan olinadigan paxtaning hosildorligi bo‘yicha ham, paxta eksporti va kishi boshiga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bo‘yicha ham Sinszyan-Uyg‘ur Avtonom hududi Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Sinszyan avtonom hududi paxtakorlari so‘nggi 4 yil mobaynida muntazam ravishda yiliga 1,5 million tonnadan ortiq paxta yig‘ishtirib olib, butun Xitoy paxtasining 25 foizini, dunyoda tayyorlanayotgan paxta hosilining 8 foizini ishlab chiqarmoqda. Hudud aholisining jon boshiga to‘g‘ri keladigan sof daromadining qariyb 15,5 foizi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishidan, ayrim paxtachilik rayonlarida esa sof daromadning 60 foizi paxtachilikdan olinmoqda. Paxtachilik bu yerda qishloq xo‘jaligining boshqa sohalariga qaraganda serdaromad soha hisoblanadi. Paxtachilikka mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalariga nisbatan ham katta daromad beradigan soha, deb qaralmoqda. Ayni paxtachilikdan kelayotgan daromad Sinszyan avtonom rayoniga jadal sur’atlar bilan rivojlanish imkoniyatini berdi, desa bo‘ladi.
So‘nggi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, gektar boshidan olinadigan hosildorlik ortdi. Xitoyning paxta yetishtiradigan muhim mintaqalaridan biri bo‘lgan Oqsuv tumanida kam hosil berayotgan yerlar, iqlimi qaltisroq, kasallikka tez-tez chalinib turadigan, zararkunandalari ko‘p uchraydigan, shuningdek, shaharlar atrofidagi yerlarda paxta yetishtirishga barham berilmoqda. Ularning o‘rnida boshqa ekinlar ekilib, chorva uchun o‘tloqlar yaratilib, o‘rmonlar barpo etilyapti. Xitoy o‘lchamida gektar , sotiq o‘rniga xitoycha mu so‘zi ishlatiladi. Bir gektar yer salkam 15 mu ga teng. Sinszyanda har mu dan 115 kilogramdan tortib, to 180 kilogramgacha hosil olinadi. 1 gektar yerdan qancha hosil olishini bilish uchun 1 mu dan olingan hosilni 15 ga ko‘paytirishimiz lozim. Shunda bizning hisobimiz bo‘yicha bir gektar yerdan olinadigan hosildorlik chiqadi. Gektar ham mu ham bizning hisob o‘lchovimiz bo‘lmaganligi sababli, bizga Xitoy dunyoda eng ko‘p paxta ishlab chiqaradigan mamlakatligi, hosildorlik ham bu yerda yuqori ekanligi haqidagi ma’lumotning o‘zi yetarli, deb hisobladik.
Paxtachilikda ekstensiv metoddan intensiv metodga o‘tilmoqda. Ilgarilari million-million tonnalar ishlab chiqarish uchun kurashilgan bo‘lsa, endi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan bir qatorda tolaning ingichkaligi, uzunligi, pishiqligi, jahon bozori talablariga qarab, sifat va yana bir bor sifat uchun kurashilmoqda.
Kuch bilan tortganda ham uzilmaydigan tolasining sifati pishiq bo‘lgan, kasallikka va hashoratlarga chidamli, mashina terimiga mo‘ljallangan, standart talablariga to‘la javob beradigan, yuqori hosilli o‘rta va ingichka tolali paxtaning yangi navlari yaratildi. Ularning texnik ko‘rsatkichlari jahon to‘qimachilik markazlarining talablariga to‘liq javob beradigan darajaga yetdi. Sin’szyanda chet eldan paxta tolasini ajratib oladigan, uni qayta ishlaydigan, navlarga ajratadigan, yangi navlar sinab ko‘riladigan, navi va sifatiga qarab alohida-alohida qilib ajratib beradigan, urug‘lik chigitga ishlov beradigan 3 ta seleksiya bazasi, 1 ta seleksiya markazi, 4 ta elita urug‘lar bazasi, 15 ta tovar urug‘liklar bazasi va paxta tolasi saqlanadigan omborxonalar sotib olindi.
Sinszyan paxta zavodi o‘z mahsulotining 80 foizini birinchi va ikkinchi navlarda ishlab chiqarmoqda. Paxtachilik ham sanoat asosida rivojlanishga o‘tayapti. Sinszyan Uyg‘ur avtonom rayoni paxtakorlari oldida Shandun provinsiyasidagi Lutay AOOO to‘qimachilik kompaniya si, Avat uyezdidagi 3-Fenshou fermasi va 50 ming urchuqqa mo‘ljallangan ingichka tolali paxtadan gazlama to‘qib chiqaradigan fabrikasini yetarli miqdorda paxta hosili bilan ta’minlash masalasi turibdi. Avat uyezdi sanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlaydigan - million tonna paxta beradigan uyezd degan nom oldi. UYEzd aholisi faqat paxta yetishtirish bilan dehqonning qozoni oqarmasligini ham pirovardida tushunib yetdi. Shu sababli ular xomashyodan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni klaster asosida birlashtirishga o‘tdi. Bu demak, paxtadan tayyorlangan mahsulotdan keladigan umumiy daromad dehqon bilan sanoat korxonalari ishchisi o‘rtasida adolatli taqsimlanadi.
Dehqonlar bilan paxta sanoati ishchilarining manfaatlari birlashgan bu yangi majmuani yaratishda Xitoy bilan xorijiy davlatlarning 4 ta korxonasi ishtirok etdi. Natija kutganidan ham a’lo bo‘ldi. Buni ko‘rgan ishbilarmon, tadbirkor, biznesmenlar bilan birga paxtachilikka kapital-mablag‘ oqib kela boshladi.
Biz bir narsani yaxshi anglab oldik, deydi Sinszyan Myanxua Chanye (Sinszyan paxta yetishtirish birlashmasi) ning yetakchi menejerlaridan biri. Kichik paxtachilik xo‘jaliklaridan foyda yo‘q ekan, o‘zaro raqobat esa nafaqat zararli, balki paxtachilikni rivojlantirishga to‘sqinlik ham qilar ekan. Yirik Sin’szyan paxta ishlab chiqarish birlashmasisiz jahon bozorida raqobat qila olmasligimizga ishonch hosil qildik, deb gapini tugatdi menejer.
Xitoy eksport qilish uchun ilgari zarur bo‘lgan, Umumjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganidan keyin esa, xuddi shuning o‘zi, to‘sqinlik qilayotgan kvotalarni bekor qildi. Bir so‘z bilan aytganda, paxta va ip gazlamalarida ishlaydigan korxona va ishchi kollektivlari jiddiy rag‘batlantirila boshlandi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.