Xitoy mag‘lub etildi, Misr esa…

Xitoy mag‘lub etildi, Misr esa…

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy va Olimpiya terma jamoalari FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Dastlab, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Vey Shixao hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Otabek Shukurov, 86-daqiqada Jamshid Iskanderov termamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa terma jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchdi.

Olimpiya terma jamoamiz esa Toshkentda Misr termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va yosh futbolchilarimiz 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Hojimat Erkinov raqib darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol qildi. Afsuski, bu gol ofsayd sabab bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Mahmud Mahammadjonov sherigiga nisbatan qo‘pol o‘ynagan deb topildi va hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi.

73-daqiqada mehmonlar vakili Bilol Mazher hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Ziyad Muhammad uzoqdan zarba yo‘llab, hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!