Xitoy Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalarni joriy etdi

Xitoy Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalarni joriy etdi

Cheklovlar to‘qqiz nafar Britaniya fuqarosi va Birlashgan Qirollikning to‘rtta kompaniyasiga tegishli. Ular Sinszyan-Uyg‘ur viloyati haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblanmoqda.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, sanksiya joriy etilgan fuqarolar va ularning qarnidoshlariga bundan buyon Xitoy hududiga kirishi taqiqlanadi, mamlakat fuqarolari va kompaniyalariga sanksiya ro‘yxatiga kirgan odamlar va tashkilotlar bilan muloqot taqiqlanadi.

«Xitoy qo‘shimcha choralar qo‘llash majburiyatini o‘zida qoldiradi» - deya ta’kidlanadi hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!