Xayrullo Bozorov Toshkentda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi

Xayrullo Bozorov Toshkentda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov joriy yil 27 iyundan beri Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy davolanishda bo‘lib turibdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xayrullo Bozorov sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida kichik jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.

Hozirda stasionar sharoitda reabilitasiya jarayonini o‘tkazmoqda, ishlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlashtirib bormoqda. Yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy ish faoliyatiga qaytadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!