Xavi «Barsa»da klub elchisi sifatida qolishi mumkin

Xavi «Barsa»da klub elchisi sifatida qolishi mumkin

Xavi «Barselona» bosh murabbiyligidan ketganidan keyin ham klub tizimida qolishi mumkin.

Agar 44 yoshli mutaxassisning iste’fosi rostdan ham amalga oshsa, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati unga klub fondi elchisi lavozimini taklif qilmoqchi, deb xabar beradi Catalunya Radio.

Xavi avvalroq mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgandi.

29-turdan keyin «Barsa» La Ligada «Real»dan 8 ochko ortda qolib, 2-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasining chorakfinalida «PSJ» bilan o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!