Xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochev rahbarligidagi mamlakatimiz delegasiyasi Istanbul universitetining Ilohiyot fakultetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ishtirok etdi, universitet faoliyati, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan Istanbul universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mamlakatimiz delegasiyasi Turkiyaga tashrifi doirasida yurtimiz institut va muzeylari fondida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq qilish va ularni saqlash borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun Turkiya qo‘lyozma asarlari tashkilotida ham bo‘ldi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi bilan sohada tajriba almashishlar, qo‘lyozma asarlarni saqlash va tiklash sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Respublikamiz delegasiyasining o‘zaro manfaatli va foydali bitimlarga boy bo‘lgan Turkiya safari davom etmoqda.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!