Xalq banki xotin-qizlarning bizneslari uchun loyihalar tayyorlab, yo‘lga qo‘yishni o‘rgatadi

Xalq banki xotin-qizlarning  bizneslari uchun loyihalar tayyorlab, yo‘lga qo‘yishni  o‘rgatadi

Kecha SH. Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektorda Xalq bankiga xotin-qizlar tadbirkorligi uchun loyihalar tayyorlab, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni o‘rgatish topshirig‘i berildi. Bunda bank xodimlari ayollar bilan mijozbay, mahallabay, tumanbay bevosita ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bugungi kunda tadbirkorlarning qariyb 1 trillion so‘mlik yangi loyihalari uchun kreditlarga talabi borligi qayd etildi. Moliya vazirligiga yangi jalb etilgan yevroobligasiya mablag‘laridan 1 trillion so‘mni Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankka oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun resurs sifatida joylashtirish vazifasi qo‘yildi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imtiyozlar natijasida 10 oyda 78 mingta korxona tashkil etilgan. Xususan, Xovos tumanidagi yangi kichik sanoat zonasida 7 ta loyiha natijasida 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Umuman, tumanda jami 170 ta yangi korxona ochilgan.

Lekin Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar tanqid qilindi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bunday joylarda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha “biznes-patronaj” tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!