Vladimir Zelenskiy: G‘arb ko‘magisiz chekinamiz

"Agar G‘arb tomonidan qo‘llab quvvatlanmasak, biz chekinamiz”. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Bloomberg”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.
“Ayni paytda biz G‘arbdan yordam olishga e’tibor qaratganmiz. Ularning fikri Yaqin Sharqdagi vaziyat va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgarmoqda. Agar qo‘llab-quvvatlash bo‘lmasa, biz chekinamiz”, dedi u.
V.Zelenskiy Rossiya uni hokimiyatdan chetlatishga urinayotganini ham ta’kidladi: “Bizda bu borada razvedka ma’lumotlari bor. Rossiya mamlakatimizda tartibsizlik yaratishga tayyorlanmoqda”.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)