Vinisius "Real" safidagi yubiley o‘yinini o‘tkazishga yaqin turibdi

Vinisius "Real" safidagi yubiley o‘yinini o‘tkazishga yaqin turibdi

"Real" hujumchisi Vinisius Junior jamoa bilan 250-uchrashuvini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.

23 yoshli braziliyalik uchun yubiley o‘yini shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Valensiya"ga qarshi bo‘lajak o‘yin bo‘ladi. Ayni damda "Los-Blankos" hujumi yetakchisi barcha musobaqalarda 249 uchrashuvda 71 ta gol urgan va 71 ta golga assistentlik qilgan.

Vinisius Junior 2018 yilning iyul oyida Braziliyaning “Flamengo” klubidan 45 million yevro evaziga “Real Madrid” futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda forvard Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!