Viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi

Viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi

Bugungi bo‘lib o‘tgan Prezident ishtirokidagi videoselektr yig‘ilishida viloyat hokimlari ham o‘zining hududini xorijda keng targ‘ib qilishga o‘rganishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi. Ular:

- har bir viloyatning “tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqadi;

- Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;

- har bir viloyatning o‘zi uchun xos bo‘lgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;

- festival va konsertlar o‘tkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham e’lon qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!