Video: Andijonda niqob taqqan yigit qo‘li va oyog‘i bog‘langan bolaning bo‘yniga pichoq tiradi

Video: Andijonda niqob taqqan yigit qo‘li va oyog‘i bog‘langan bolaning bo‘yniga pichoq tiradi

Kecha, 12 fevral kuni tarmoqlarda niqob taqqan yigit qo‘li hamda oyog‘i bog‘langan, yuzi va kiyimida qon dog‘lari bo‘lgan bolaning bo‘yniga pichoq tiragan videolavha tarqaldi. Telegramda esa ushbu video "samosud" nomi ostida ommalashdi. IIV vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida voqea haqida videolavha tayyorladi.

Voqea Andijon viloyatining Shahrixon tumanida sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

IIV tayyorlagan videoda yigitlar voqeaga izoh berdi. Ularning aytishicha ushbu lavha sahnalashtirilgan bo‘lgan. Bolaning yuzidagi qizil dog‘lar esa kraska bo‘yog‘i ekani aytilgan. Ularning ushbu videolavhasidan so‘ng xatto bir yigitning ota-onasining mazasi qochib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Yigitlar videoni shunchaki o‘zlari uchun olganini, ularning niyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bo‘lmaganini aytib, uzr so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!