Vengriyaning yetakchi savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor

Vengriyaning yetakchi savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "Aldi" kompaniyasi boshqaruvi direktori Bernard Xayder bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoniga O‘zbekistonning eksport salohiyati, mahalliy korxonalarning tijorat takliflari taqdim etildi.

Vengriya vakili O‘zbekistondan mahsulot olib kirishga qiziqish bildirdi va mamlakatimizning eksport qiluvchi korxonalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida Vengriya bozoriga o‘zbek mahsulotlarini import qilish bo‘yicha narxlar va talablarni chuqur tahlil qilish, shuningdek, mamlakatimizdan dukkakli ekinlarni eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Germaniyada aka-uka Karl va Teodor Albrext tomonidan 1946 yilda asos solingan "Aldi" kompaniyasi dunyodagi yetakchi ulgurji savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda "Aldi" 20 ta mamlakatda 10 mingdan ortiq do‘konlarga egalik qiladi. Mazkur kompaniyaning Budapeshtdagi birinchi do‘koni 2008 yilda ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!