Vengriya tashqi ishlar vaziri: "Evropa siyosiy elitasining muhim qismi aqlini yo‘qotdi"

Vengriya tashqi ishlar vaziri: "Evropa siyosiy elitasining muhim qismi aqlini yo‘qotdi"

Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni Fortnite kompyuter o‘yini sifatida qabul qilishini aytdi. Uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Fides-Vengriya Fuqarolik ittifoqi partiyasi qurultoyida so‘zga chiqqan amaldor Yevropa Ittifoqida "urush psixozidan aziyat chekayotganlar va o‘zlarini Fortniteda tasavvur qiladiganlar bor" va shu bilan birga, ular qurol-yarog‘ yetkazib berishni o‘ta xavfli deb bilishlarini aytdi.

"Evropa siyosiy elitasining muhim qismi amalda aqlini yo‘qotdi", deb ta’kidladi u.

Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, harbiy yordam yetkazib berish orqali mojaroning cho‘zilishi qurbonlar va vayronagarchiliklar sonining ko‘payishiga olib keladi va Ukrainaga "qurol emas, tinchlik" kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!