Vazirlik va hokimliklar "ishonch telefonlari" ishonchni oqlamayapti

A A A
Vazirlik va hokimliklar "ishonch telefonlari" ishonchni oqlamayapti

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab beminnat xizmatga bel bog‘lagan ishonch telefonlari odamlar mushkulini yengillatish bobida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar barham topib, yuzaga kelgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Afsuski, ishonch telefonlari ning hammasi haqida ham shunday deb bo‘lmaydi. O‘zA ishonch telefonlari bilan bog‘liq vaziyatlarni oydinlashtirish uchun www.gov.uzhukumat portalining Davlat organlari bo‘limida ko‘rsatilgan 130ga yaqin ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi.

Iqtisodiyot vazirligining ishonch telefoni (+99871 232-65-55) doimiy band. Moliya vazirligi (+99871 203-00-50) raqamini tergach Assalomu alaykum! Siz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ishonch telefoni ga qo‘ng‘iroq qildingiz. O‘zbek tilini tanlash uchun birni bosing! degan operator ovozi eshitildi. Shu so‘zlarning ruscha takroridan so‘ng bir oz jimlik hukm suradi, keyin yana shu holat qaytalanadi. So‘ng go‘shakda aloqa uzilganini anglatuvchi tu-tu-tu signali eshitildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishonch telefoni da (+99871 239-41-12) ham xuddi o‘sha vaziyat takrorlandi. Faqat Operator bilan bog‘lanish uchun birni bosing degan jumla qo‘shildi va go‘shakda bizga tanish o‘sha: tu-tu-tu . Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (+99871 246-37-12) raqami ham doimiy band, balki, ishlamas.

Barcha ishonch telefonlari bilan bog‘lanish harakatlari bir emas, bir necha kunning turli vaqtida amalga oshirib ko‘rildi. Xalq ta’limi vazirligi 10-06 raqami: Assalomu alaykum! Siz ta’lim sohasi bo‘yicha ishonch telefoni ga qo‘ng‘iroq qildingiz. Xalq ta’limi masalalari bo‘yicha birni, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha ikkini, Oliy ta’limi masalalari bo‘yicha uchni bosing... va kutilmaganda tu-tu-tu . Sog‘liqni saqlash vazirligi (+99871 239-47-95) ishonch telefoni ga tushish uchun qilgan urinishlarimiz ham shu taxlit zoye ketdi. Ichki ishlar vazirligi (+99871 233-39-39) ishonch telefoni raqamlarini tergach, zum o‘tmay kimdir narigi tomondan sergak tovushda chaqiruvga labbay deyishini ishonch bilan kutdik. Afsuski, unday bo‘lmadi.

Nihoyat ikki kunlik urinishlarimizdan so‘ng, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishonch telefoni (+99871 147-10-50)ga ulanishga muvaffaq bo‘ldik. Bizga bu tarmoqqa 78 raqami orqali ulanish eslatildi. Ko‘rinib turibdiki, bu tarmoqda ham bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar yetarli.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi (+99871 233-28-28), Tashqi savdo vazirligi (+99871 238-51-32) ishonch telefoni ham qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Eng qizig‘i, Adliya vazirligining 10-08 qisqa raqamidan blogadarim za terpeniye degan jumladan boshqa ma’lumot ololmadik. Kutish navbatimiz kelgunicha 27 daqiqa vaqt uvol ketdi... keyin aloqa o‘z-o‘zidan uzildi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan (+99871 232-25-37) bir necha bor urinishlarimizga qaramay bog‘lana olmadik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (+99871 239-24-07, +99871 239-24-39, +99871 239-24-49) uchala raqamidan birortasidan sado chiqmadi. Innovasion rivojlanish vazirligi (+998 71 239 34 39) ishonch telefoni ning ham ahvoli, yuqoridagidek jim-jitlik.

Umid bilan qilgan qo‘o‘ng‘iroqlarimizga javob bergan idoralar ham bo‘ldi. Lekin ular sanoqli.

Ishoning, Madaniyat vazirligi (+99871 256-85-07) ishonch telefoni da mas’ul xodimning tovushini eshitib, hatto quvonib ketdik. O‘zini Eldor deb tanishtirgan xodimning murojaatchiga munosabati ham tahsinga loyiq. Bu bizni xursand qildi.

Qurilish vazirligi (+99871 244-05-05) xodimining samimiy munosabatidan ko‘nglimiz ko‘tarildi. O‘zini Hakimjon Sharifjonov deb tanishtirgan mas’ul xodimning aytishicha bir kunda 30 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘lar ekan.

Markaziy bankning (+99871 200-00-44) ishonch telefoni da biz bilan 4-operator bog‘landi. Kun davomida 20 dan ortiq murojaatchi bilan bog‘lanishini va ko‘plab murojaatlar biriktirilgan mutaxassis xodimlar yordamida o‘z vaqtida hal etilayotganini qayd etdi.

Bosh prokuraturasining (+99871 232-10-07, 1007) raqamlarini terib, 2-3 bor 26 daqiqalik kutishlardan so‘ng, 607-operator bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik. 607-operatorning aytishicha, ishonch telefonlari uchun 24 soatlik navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yilgan ekan. Negadir, operatorning ishlar qat’iy tartib bilan tashkil etilgan deyishiga qaramay, bu raqamlarga bir necha bor urinishlar va uzoq kutishdan so‘ng bog‘lanish mumkin bo‘lyapti...

Ayni kunlarda yurtimizda viloyat va shahar hokimliklariga keng imkoniyatlar berilmoqda. Hududdagi barcha muammolarni vaqtida uzil-kesil hal etish uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari, mas’ul lavozimlar joriy etilmoqda. Shunday bo‘lsa ham ishonch telefonlari ga bo‘lgan e’tibor har bir el xizmatiga kirishgan amaldor bunga yuqori darajali masala sifatida jiddiy yondashmog‘i joiz. Mana shu mas’uliyat vazifa qanday tartibda amalga oshirilayotgani bilan qiziqib, ishonch telefoni raqamlariga yuzlanamiz.

Toshkent shahar hokimligining +99871 200-90-69, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining +99861 222-46-33, Andijon viloyati hokimligining +99874 223-25-28, +99874 223-30-31, Buxoro viloyati hokimligining +99865 222-22-22 raqamlarida bir xil, aloqa yo‘qligini anglatuvchi tu-tu-tu tovushlari quloqqa chalinadi. Jizzax viloyati hokimligining +99872 226-00-11 raqamidan esa abonent blokirovka qilingani ma’lum qilindi. Qashqadaryo viloyati hokimligining +99875 200-55-05 raqamli telefonidan Kechirasiz, siz terayotgan telefon raqami tarmoqda yo‘q , degan so‘zlarni eshitdik. Navoiy viloyati hokimligining +99836 220-10-20 raqamli telefonidan Kechirasiz, siz noto‘g‘ri raqam terdingiz , deyilmoqda. Namangan viloyati hokimligining +99869 227-08-29 raqamini terib, umumiy bo‘lim xodimi Umidjon Yusupov bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik.

Samarqand viloyati hokimligining +99866 231-11-25 raqamli ishonch telefoni bilan bog‘lanish imkonsiz bo‘lib chiqdi. Surxondaryo viloyati hokimligining +99876 224-15-96 raqamli ishonch telefoni da ham bizga tanish ovoz: tu-tu-tu . Sirdaryo viloyati hokimligining +99867 200-02-06 raqamiga ulanganimizda opreator tag‘in, Kechirasiz siz terayotgan telefon raqami tarmoqda yo‘q , degan so‘zlar bilan bizni siyladi. Toshkent viloyati hokimligining +99871 200-88-11 raqamidagi ovozi magnit tasmaga yozilgan xonim Assalomu alaykum. Siz Toshkent viloyati hokimligiga qo‘ng‘iroq qildingiz. So‘zlashuvni o‘zbek tilida davom ettirishni xohlasangiz birni bosing.... shu so‘zlarning rus tilidagi tarjimasi aytilgach, go‘shakdan yana tu-tu-tu tovushlari eshitildi. Farg‘ona viloyati hokimligining +99873 244-07-50 +99873 244-21-65 raqamidan esa Assalomu alaykum. Farg‘ona viloyati hokimligi ishonch telefoni ga xush kelibsiz. Operator bilan bog‘lanish uchun birni bosing... birni bosgan zahotingiz aloqa uzilib qolaveradi... Xorazm viloyati hokimligining +99862 223-00-06 raqami, bizni aslida ijtimoiy kompleks xodimi Iftixor Rajabboyev bilan bog‘ladi...

Ishonch telefonlari ning ishonchli ligi ana shunday.

Beixtiyor ko‘ngilda shunday savol tug‘iladi. Ishonch telefonlari faoliyati bilan bog‘liq shu qadar jiddiy muammolar mavjud ekan, murojaatchilarning muammolarini hal etish masalalariga e’tibor qay darajada?

Bir so‘z bilan aytganda, ishonch telefonlari ning uzluksiz ishlab turishidan maqsad xalq tinchligi, yurt farovonligi. Bunda ko‘zbo‘yamachilikka yoinki xo‘jako‘rsinlikka yo‘l qo‘yilsa, odamlar qalbida ishonch yo‘qoladi, ishonchsizlik in qo‘yadi. Rosti, kezi kelganda aytilgan bir og‘iz shirin kalom minglab muammolarning yechimi bo‘lishi mumkin. Mana shunda ko‘ngillar taskin topadi. Millatga daxldorlik hissi esa ming chandon ortadi. Har bir kishi erkinlikni yoki o‘zgarishlarni o‘z hayotida his etsa, kelajakdan umidvorligi ortadi. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, asosiy maqsad odamlarni rozi qilishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.