VAZIR: «Qilsa bo‘larkan-ku...”

VAZIR: «Qilsa bo‘larkan-ku...”

Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida 8-aprel kuni davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Forish tumanidagi tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan “Basalt Uzbekistan” klasteri faoliyati bilan tanishgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, bu bo‘yicha ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga to‘xtaldi:

“Talab va taklifga asosan kvotalash ishlarini rejalashtirdik. Mutasaddilar bilan muzokaralar olib borib nechta oliy ta’lim, nechta kasb-hunar ta’limini egallagan kadrlarga ehtiyoj borligini aniqlab, 2024-2025-yillar qabuli bo‘yicha zudlik bilan chora-tadbirlarni qayta ko‘rib chiqdik. Kelgusida mazkur klasterda hayotga tatbiq etilishi kutilayotgan 500 million dollarlik qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan 20 turdagi yangi loyihalar evaziga qo‘shimcha 2 mingta ish o‘rni paydo bo‘lishini hisobga oldik.

Yangi loyiha asosida ishlab chiqarilgan mahsulot ichki ehtiyojni qoplash bilan bir qatorda, 90 foizi eksportga yo‘naltirilishi – malakali mutaxassislarni tayyorlab yetkazishni oldimizga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.

Zero, ilmiy asoslangan loyihalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash nafaqat ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bog‘lash, klaster korxonalarni rivojlantirishga, balki mamlakatimiz barqaror iqtisodiyotini yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirib aholining kambag‘al qatlamini qisqartirishga xizmat qiladi.”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!