Vakolat faqat sudda — adolat ta’minlandi

Vakolat faqat sudda — adolat ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Bo‘ka tumanida ro‘yxatdan bir nechta tadbirkorlik subyektlari murojaat qilib Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Mehnat inspeksiyasi tomonidan hech qanday ogohlantirishlarsiz ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib katta miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanilganidan shikoyat qilgan.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlarining ma’muriy javobgarlik masalasi faqat sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilish belgilab qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan mehnat inspeksiyasining hududlarga biriktirilgan xodimlari 81 holatda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jami 193,5 mln.so‘m miqdorida asossiz jarima qo‘llanilganligi aniqlanib Vazirlikka Xulosa kiritildi va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni bekor qilinishi ta’minlandi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!