“Uzchess Cup” yakunlandi. Nodirbek Yoqubboyev “Masters” guruhida, Shamsiddin Vohidov “Challengers” guruhida chempionlikni qo‘lga kiritdi

“Uzchess Cup” yakunlandi. Nodirbek Yoqubboyev “Masters” guruhida, Shamsiddin Vohidov “Challengers” guruhida chempionlikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonda ilk bor mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSh dollarini tashkil etadigan “Uzchess Cup” turniri o‘z yakuniga yetdi.

8-turdan keyin “Masters” turnirida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yoqubboyev peshqadam bo‘lib turgan edi.

So‘nggi turda Nodirbek Abdusattorov va Aleksey Sarana o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda g‘olib aniqlanmadi. Nodirbek Yoqubboyev esa raqibi Yu Yangyi bilan qiyin kechgan uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qildi, ammo o‘yin durang bilan yakunlandi. Shunday qilib, Nodirbek Yoqubboyev qo‘shimcha koeffisientlar hisobiga turnirni birinchi o‘rinda yakunladi. Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Challengers” guruhida qatnashayotgan Shamsiddin Vohidov so‘nggi 9-turda Abhijeet Gupta ustidan g‘alaba qozondi va ushbu guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Musobaqada Shamsiddin 6,5 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shamsiddin Vohidov musobaqadagi muvaffaqiyatli yurishidan so‘ng reyting ochkolarini yaxshilab oldi va onlayn reytingda jahonning eng kuchli 100 ta shaxmatchilar ro‘yxatiga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!