Uzcard ta’sischilari o‘zgardi. Oybek Tursunov yo‘q

Uzcard ta’sischilari o‘zgardi. Oybek Tursunov yo‘q

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlaridan kelib chiqib, Yagona umumrespublika prosessing markazi (Uzcard brendi)da muassislar tarkibi o‘zgardi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

May oyida Oybek Batirovich Tursunov Uzcard ustav kapitalining 75 foiz aksiyalari egasi bo‘lganligi, qolgan 25 foizi MCHJning o‘zida qolgani haqida yozgandik.

Uzcard ta’sischilari o‘zgardi. Oybek Tursunov yo‘q
 8 avgust holatiga ko‘ra, kompaniyadagi 51% ulush O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankiga, (6%) O‘zsanoatqurilishbankka, 6% Asaka bankiga, 6% Ipoteka bankka va 6% Aloqabankka tegishli...

Qolgan 25% (har biri 6,25%) to‘rt kishiga — Mansur Po‘latovich Usmonov, Kamron Anvarovich Akbarov, Timur Mahmudjonovich Azadov va Obid Alimjonovich Agzamxodjayevga taqsimlanadi.

Kamron Akbarov ilgari Uzcard bosh direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, Timur Azadov esa jamoat transportida yo‘l haqini yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimini joriy etuvchi ATTO kompaniyasi rahbari bo‘lgan.

Axror Mahmudov Uzcard boshqaruvchisi lavozimida qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!