«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Gazlidagi tabiiy gaz konlari va quduqlarda bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Gazlidagi tabiiy gaz konlari va quduqlarda bo‘ldi

 

 

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Gazli hududida tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rgandi.

«Ishchi guruh» a’zolari dastlab burg‘ilash ishlari boshlangan «Kattatepa» maydonidagi 1-sonli quduqda bo‘ldi.

Ushbu quduqni 2800 metr chuqurlikkacha burg‘ilash mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 1567 metr chuqurlikda burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

«Kattatepa» maydonining istiqbollari va bu yerdagi ishlarning kelgusi yo‘nalishlari, aynan ushbu 1-sonli quduqning natijalariga bog‘liq ekanligi, shu sababli uni samarali burg‘ilash va belgilangan barcha geologik-geofizik tahlillarni mukammal bajarish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida «Doyaxotin» konidan tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida, burg‘ilanayotgan 88-sonli quduqdagi ishlarning holati ham o‘rganildi.

 

Ushbu 88-sonli quduqni 2050 metrga burg‘ilash ishlari 2021 yilning 19 yanvarida boshlanganligiga qaramasdan, o‘tgan qisqa vaqt ichida u 2000 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi va hozirda quduqda geofizik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Boshqaruv raisi mutaxassislarga quduqda sinash ishlarini samarali olib borish va sanoat miqyosidagi tabiiy gaz qazib chiqarish borasida kerakli vazifalar, o‘z takliflari va tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Boshqaruv raisi Gazli hududida 2017 yilda ochilgan «Shortak» konidagi olib borilayotgan ishlarning holati bilan ham tanishdi.

Konning neft-gazlilik istiqbollarini baholash va undagi uglevodorod zaxiralarining miqyosini aniqlash hamda qidiruv ishlarini jadallashtirish maqsadida, burg‘ilanayotgan 3-sonli quduqdagi ishlar ko‘rib chiqildi.

 

«Shortak» konidagi 3-sonli quduqni 2800 metr chuqurlikkacha burg‘ilash ishlari 2020 yilning 17 dekabrida boshlangan va hozirda 2112 metr chuqurlikda burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda.

Mart oyining oxiriga qadar ushbu quduqda sinash ishlarini yakunlash va tabiiy gazning sanoat miqyosidagi oqimlarini olish, shuningdek, yangi 4-sonli quduqni burg‘ilash ishlarini tezlashtirish kerakligi ta’kidlandi.

Gazli hududida olib borilayotgan tadbirlarning holatini o‘rganish ishlari sarhisob qilinar ekan, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi bu yerda amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yagona tizim asosida samarali tashkil etish kerakligi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi ushbu konlarda ham ishchi-xodimlarning yashash va ishlash sharoitlarini yanada yaxshilash, uniformalarini yangilash va yotoq joylaridagi ahvolni o‘zgartirish kerakligini ta’kidladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!