O‘zbekistonning 12 hududida 22-26 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning 12 hududida 22-26 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi

⏺Raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy xavfsizlik, raqamli moliyaviy xizmatlar haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi?

⏺Markaziy bankning keng ko‘lamli ta’lim loyihasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

⏺«Global Money Week 2024» doirasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.

⏺Tadbirda raqamli moliyaviy savodxonlik haqida eng so‘nggi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

⏺Yuqori malakali mutaxassislar siz uchun so‘zga chiqib, moliyaviy xavfsizlik, himoya va resurslaringizni ko‘paytirish haqida gapirib berishadi.

Mahorat darslari jadvali:
• 22 aprel – Termiz shahri
• 23 aprel – Qarshi shahri
• 24 aprel – Guliston, Farg‘ona shaharlari
• 25 aprel – Jizzax, Andijon, Nukus va Buxoro shaharlari
• 26 aprel – Samarqand, Namangan, Navoiy va Urganch shaharlari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!