O‘zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etiladi

O‘zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etiladi

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi yurtimizdagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida qisqa vaqt ichida nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etilishi haqidagi tashabbus bilan chiqdi.

Qaymoq, obi non, somsa, mavsumiy mevalar va sabzavotlar, choy, novvot, yong‘oqlar, quruq mevalar va milliy shirinliklar — bularning barchasini “o‘zbekona nonushta” standartiga kiritib, turklar, inglizlar yoki fransuzlardagi kabi haqiqiy brendga aylantirish rejalashtirilyapti.

Hozircha bu muhokamalar bosqichida turibdi. Yurtimizdagi yirik mehmonxonalarda “o‘zbekona nonushta” yagonaligicha qolmaydi. Yaqin kunlar ichida mahalliy mehmonxonalarda nafaqat mashhur inglizcha va fransuzcha, balki aytaylik, koreyscha, ispancha yoki hindcha nonushtalar ham paydo bo‘ladi. Mahalliy oshpazlar esa boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblariga “o‘zbekona nonushta” sirlarini ochishadi.

Mutasaddilar yirik mehmonxonalarda “o‘zbekona nonushta”ning joriy etilishi byudjetni tejash imkonini berishini ham ta’kidlashmoqda. Zero, milliy nonushta uncha qimmat bo‘lmasa-da, yetarli darajada xushta’m va to‘yimlidir. Ayni paytda milliy standartni yulduzlari sonidan qat’iy nazar mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylariga tatbiq etish mo‘ljallanyapti.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!