O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning “China State Construction”, “China General Nuclear Power”, “CAMCE”, “Goldwind” va “ZTO Express” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida ushbu mamlakatdan jalb qilingan investisiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.
"China State Construction" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjen Syuesyuan bilan suhbatda Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini modernizasiya qilish borasidagi hamkorlik natijalari yuksak baholandi. Toshkent shahrida madaniyat ob’ektlarini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Toshkent viloyatida sanoat zonasini barpo etish loyihasini boshlash hamda kompaniya avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishib olindi.
"China General Nuclear Power" korporasiyasi raisi Yan Chanli bilan muzokaralarda tog‘-kon sanoatida sheriklikni mustahkamlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va yangi konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirildi. Kompaniyaning gibrid quyosh elektr stansiyasini qurish va bojxona yuklarini skanerlash texnologiyalarini joriy qilish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
"CAMCE" korporasiyasi raisi Van Bo bilan poytaxtimizda Olimpiya shaharchasini barpo etish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Kompaniya boshqaruvida Toshkent shahridagi "Yangi avlod" industrial texnoparki jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
Qo‘shma tashabbuslar portfelini kengaytirish, xususan, elektr energetikasi va Yangi Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirish loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
"Goldwind" kompaniyasi raisi Vu Gang bilan kompaniyaning "yashil" energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonda kompaniya bilan birgalikda shamol elektr stansiyalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Shamol generatorlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni faollashtirishga kelishib olindi.
"ZTO Express" kompaniyasi rahbari Xu Syanlyan davlatimiz rahbariga O‘zbekistonda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish va "aqlli" logistika omborlarini tashkil etish niyati haqida ma’lumot berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.