O‘zbekistonda yana bir shahar “yopildi”, karantin keskin kuchaytirildi

O‘zbekistonda yana bir shahar “yopildi”, karantin keskin kuchaytirildi

2020 yil iyun oyida Navro‘zobod MFYda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shaharga epidemiologik noxush hududlardan kirib kelgan fuqarolar hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 525 ta oila (1994 ta fuqaro) tibbiy kuzatuvga olingan. Shundan 45 ta fuqaro shifoxonada, uy kuzatuvda 480 ta oila (1949 ta fuqaro)ni tashkil etadi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda joriy yil 13 iyun holatiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Yangiyer shahari “qizil” toifadagi hududga ajratilgan edi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Bugungi kunda infeksiyasi aniqlangan 4 nafar fuqaro to‘liq sog‘ayib o‘z uylariga qaytarilgan. Tibbiy kuzatuvdagilarni 511 nafari sog‘lomlashtirishga erishildi, shundan 45 nafari shifoxonadan, 466 ta oila (1869 ta fuqaro) uy kuzatuvidagilar tibbiy nazoratdan chiqarilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda 2020 yil 20 iyun holatiga Yangiyer shahri “yashil” toifadagi hududga aylantirildi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Ammo, Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi tomonidan taqdim etilgan xabarga ko‘ra bugungi kunda, viloyatdagi Xovos va Boyovut tumanlari “sariq” hudud, Guliston shahri so‘nggi kunlarda aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlar holati ko‘payganligi uchun “qizil” hudud toifasiga kiritilganligini inobatga olib, 28 iyundan noma’lum muddatga qadar shahardagi ayrim ko‘chalarda yengil va temir-beton to‘siqlardan foydalangan holda blok postlar o‘rnatildi hamda bu ko‘chalarga avtotransport vositalarining kirib chiqishi qisman cheklandi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Shu bilan bir qatorda jamoat joylarida, tashkil etilgan blok postlarda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Bugundan boshlab muntazam ravishda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan shahar markazida joylashgan dehqon bozori, savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlandi va kuchaytirilga tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Diqqat! Buyum bozorlari faoliyatga ruxsat etilmaydi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Mulkchilik va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar shahardagi barcha tashkilot korxona, muassasalar va tadbirkorlik sub’ektlari karantin qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha shahsan birinchi rahbarlar mas’ul etib belgilanmoqda.

Yangiyer shahar hokimligi Matbuot xizmati

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!