O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 65 mln so‘mlik kibersport musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 65 mln so‘mlik kibersport musobaqasi o‘tkaziladi

Ilk bor yurtimizda kibersport - kompyuter sporti bo‘yicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etilmoqda. Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Esports Uzbekistan Federasiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to‘liq onlayn rejimda o‘tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibOʻyindaBoʻling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yo‘nalishda bo‘ladi:

  • 1. “FIFA20”;
  • 2. “Clash Royale”;
  • 3. “Victory The Age of Racing”

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 65 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

  • “FIFA 20” – 30 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);
  • “Clash Royale” – 20 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);
  • “Victory The Age of Racing” – 15 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8) orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

  • - 15-22 aprel, guruh bosqich o‘yinlari;
  • - 23-28 aprel, pley-off bosqich o‘yinlari;
  • - 29 aprel, 3-o‘rin uchun bahslar;
  • - 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o‘yinlar Esports Uzbekistan Federasiyasining Youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali hamda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federasiyasining esports_uzbekistan telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!