O‘zbekistonda saylov qonunchiligining takomillashuv bosqichlarini bilasizmi?

A A A
O‘zbekistonda saylov qonunchiligining takomillashuv bosqichlarini bilasizmi?

Qayd etish lozimki, saylov sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi barcha turdagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan qonun va qonunosti hujjatlari saylov qonunchiligini tashkil qiladi.

Saylovga oid munosabatlarning rivojlanishi va qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi nuqtai nazaridan, O‘zbekistonda saylov qonunchiligining takomillashuv bosqichlarini uch bosqichga ajratish mumkin:

birinchi bosqich, ya’ni mustaqil O‘zbekiston saylov institutining tashkil etilishi va sohaga oid dastlabki qonun hujjatlarining qabul qilinishi davri (1991-2002 yillar);

ikkinchi bosqich, oliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylov muddatlarining aniq belgilanishi, Markaziy saylov komissiyasining vazifalari va faoliyatining asosiy prinsiplari, tashkil etish tartibini konstitusiyaviy normalar doirasida mustaqhamlanishi davri (2002-2014 yillar);

uchinchi bosqich, 2017 yildan boshlab saylov sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishning yangi davri boshlandi.

Mazkur saylov qonunchiligining rivojlanish tendensiyalarini quyida kengroq tahlil etib o‘tamiz.

Saylov qonunchiligi takomillashuvining birinchi bosqichi

O‘zbekiston saylov qonunchiligi tizimini shakllanishida mamlakatda Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi ham muhim rol o‘ynadi. Xususan, dastlabki normativ-huquqiy hujjatlardan biri bo‘lgan hamda Prezident sayloviga oid tashkiliy-huquqiy jihatlarni qamrab olgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda qabul qilindi. Saylov institutining muhim prinsiplari hisoblangan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li dastlab mazkur qonun bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, 1992 yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Saylov tizimi” deb nomlangan maxsus bob kiritilib, mamlakatimiz fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi, har bir saylovchi bir ovozga egaligi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi mazkur bobda o‘z aksini topdi.

1993 yil 28 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, 1994 yil 5 mayda “Xalq deputatlari viloyat tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Har ikkala qonunlarga keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, yanada takomillashtirildi.

Saylov qonunchiligi takomillashuvining ikkinchi bosqichi

Saylov qonunchiligining mazkur davri 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 yanvarida qabul qilingan qonuniga muvofiq Konstitusiyaning 117-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bilan boshlangan.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, davlat hokimiyati organlariga saylovlar kunining avvaldan aniq belgilab qo‘yilishi, turli sabablar bilan saylov muddati hokimiyat, mansabdorlar manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirish hollariga barham berib, saylovlarni qat’iy bir vaqtda o‘tkazilishini ta’minladi.

2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning asosida deputat o‘z okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etishi belgilab qo‘yildi.

2014 yil 16 aprelda Konstitusiyamizning 117-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning asosida Markaziy saylov komissiyasining vazifasi, faoliyatining prinsiplari, tashkil yetish tartibi konstitusiyaviy normalar darajasida belgilandi.

Saylov qonunchiligi takomillashuvining uchinchi bosqichi

Mazkur davrda hududiy vakillik organlari, ya’ni xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlarga oid qonunchilik takomillashtirildi.

Jumladan, 2017 yil 29 avgustda “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonun davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, mahalliy Kengashlarga saylovni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish-irodasiga to‘la muvofiq hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda o‘tkazish maqsadida qabul qilindi.

Saylov qonunchiligi tizimlashtirilishida 2019 yil 25 iyunda qabul qilingan va 103 ta moddani qamrab olgan Saylov kodeksi muhim ahamiyat kasb etib, mazkur kodeks asosida, shu vaqtga qadar amalda bo‘lgan 26 ta qonun o‘z kuchini yo‘qotdi.

Ushbu kodeks bilan quyidagi yangi tartib va o‘zgarishlar joriy etildi.

– uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bir tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi. Bu saylovlarni o‘tkazish va tashkil etishda xolislik tamoyili hayotga tatbiq etilganidan dalolat;

– xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyasi a’zolari nomzodlari bo‘yicha jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o‘rnatildi;

– ilgari Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda o‘tkazilganda yagona saylov uchastkasini tuzish tartibi qonunchilikda belgilanmagan edi. Saylov kodeksida mazkur masala huquqiy yechim topdi. Endilikda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi yagona saylov uchastkasi tuzish tartibi o‘rnatildi;

– kodeksga muvofiq, nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ko‘rsatish tartibi bekor qilindi;

– saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan boshlanishi belgilandi.

Mazkur davrda Asosiy qonunimizga muhim o‘zgarishlar kiritildi, xususan 2021 yil 8 fevralda Konstitusiyaning 117-moddaning ikkinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu moddaning sakkizinchi qismiga kiritilgan o‘zgarishga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda muhim siyosiy jarayon bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik bilan bog‘liq siyosiy partiyalar va saylov organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib, O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar mavjud 5 ta siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan ko‘rsatildi.

Aynan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ahamiyati shundaki, fuqarolarimiz o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga, Konstitusiyaga, huquqiy demokratik davlat qurish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga, o‘z Vataniga sodiqligini jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida yana bir bor namoyish etish sharafiga muyassar bo‘ladilar.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, demokratiyaning eng muhim elementlaridan biri bo‘lgan saylov instituti bo‘yicha mamlakatimiz saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

A.Xujanazarov,

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.